Rivaldo Messi qaysi jamoalarga o‘tishi mumkinligini aytdi
Braziliyalik futbol yulduzi Rivaldo “Barselona” forvardi Lionel Messi AQSh yoki Xitoy klublaridan biriga o‘tishi mumkinligini aytdi.
“Messi “Barselona”dan ketishiga ishonmayman. U faoliyatini “Kamp Nou”da yakunlaydi deb o‘ylayman. U jamoa bilan 14 yildan buyon birga. Ular klub bilan o‘zaro juda yaqin. U Totti va Rojerio Seni kabi faqat bir jamoaning futbolchisi bo‘lib qoladi.
Leo “Barselona”ga qarshi o‘ynashiga ishonmayman. Agar u ketsa, faqatgina Xitoy yoki AQShga ketadi”, - deydi Rivaldo.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Messi "Barsa" rahbariyati bilan kelisha olmayotgani va shu bois jamoadan ketishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Fikrlar