
Rivaldo "Real" futbolchisini "Oltin to‘p"ga munosib deb biladi
Rivoldoning fikricha, Vinisius "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritish uchun yaxshi imkoniyatga ega.
"Real"ning o‘yinidan kelib chiqsak, shubhasiz u hozir eng muhim futbolchi.
"Vinisiusda "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritish uchun ajoyib imkoniyat bor. U allaqachon juda yaxshi va o‘tgan mavsumda ham bunga loyiq edi. U ayni dam dunyoning eng yaxshi uch futbolchisidan biri. U ovoz berish jarayonida shubhasiz Mbappedan oldinda.
O‘ylaymanki, Chempionlar ligasi finali "Oltin to‘p"ni kim qo‘lga kiritishini aniqlab beradi. Shuningdek, "Real"ning yana bir futbolchisida bunday imkoniyat bor. Bu - Bellingem. Final bahsida u sobiq klubiga qarshi o‘ynaydi. Hammasi voqealar qanday rivojlanishiga bog‘liq", - dedi "Rivaldo.
Braziliyalik futbolchi joriy mavsum "Real" safida 36 o‘yinda maydonga tushib, 21 ta gol urdi va 9 ta golli uzatma amalga oshirdi.
Fikrlar