
Riyod Maxrez: "Manchester Siti"dan hech qaerga ketishni xohlamayman
"Manchester Siti" klubi yarim himoyachisi Riyod Maxrez yozda jamoadan ketishni rejalashtirmayotganini aytdi.
“Hamma narsa allaqachon shakllanib bo‘lgan jamoaga kirishib ketish oson emas. Shu bois men bu erda qiyin bo‘lishi bilgandim, biroq, men o‘z kuchimga ishonaman.
Qachonki imkoniyat bo‘lishi bilan men o‘zimni ko‘rsataman. “Brayton”ga qarshi bahsda jamoaga yordam berdim. Men “Siti”da baxtliman va hech qaerga ketishgi xohlamayman”, - deydi jazoirlik futbolchi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Maxrez etarli o‘yin amaliyotiga ega bo‘lolmayotgani sabab boshqa jamoaga o‘tish istagida ekanligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Ma’lumot uchun, Maxrez joriy mavsum “Manchester Siti” safida 27ta o‘yinda maydonga tushdi va 7ta gol hamda 4ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar