Rober Pires: Remzi yana "Arsenal"ga qaytadi
Yaqin o‘tmishning mashhur futbolchilaridan biri Rober Pires “Yuventus” yarim himoyachisi Aaron Remzi yana “Arsenal”ga qaytishiga ishonishini aytdi.
“Remzi "Arsenal"dagi Arteta tizimiga juda mos tushishi mumkin edi, ammo endi u "Yuventus"ga tegishli va bor e’tiborini ushbu klubda o‘ynashga qaratishi kerak. Aaron yana bir necha yil turinliklar safida o‘ynaydi va keyin "Arsenal"ga qaytadi. Men folbin emasman, ammo bunga ishonaman”, - dedi Pires.
30 yoshli Remzi 2008-2019 yillarda “Arsenal” sharafini himoya qilgan va shundan so‘ng, “Yuventus”ga ko‘chib o‘tgan.

Fikrlar