
Roberto Firminoga Madrid klubi qiziqmoqda
"Liverpul" futbolchisi Roberto Firmino mavsum so‘nggida jamoani tark etadi. Ushbu ma’lumotni avvalroq Yurgen Klopp aytgandi. Braziliyalikning o‘zi ham klubdan ketishi haqidagi mish-mishlarni inkor qilmadi.
Hujumchining keyingi manzili aniq emas. Ammo unga "Atletiko Madrid" qiziqmoqda, deya xabara berdi "Mundo Deportivo" nashri.
Ma’lumot uchun, Roberto Firmino 8 yillik faoliyatidan keyin Mersisayd klubini tark etadi.
Eslatib o‘tamiz, 32 yoshli futbolchi ushbu mavsum "Liverpul" tarkibida 28 ta o‘yinda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va 5 ta assist amalga oshirdi.
Fikrlar