
Roberto Martines: “Portugaliya g‘oliblikka da’vogar, lekin favorit emas."
"Evro-2024" 1/8 finali yo‘llanmasini muddatidan avval qo‘lga kiritgan Portugaliya bugun 3-tur doirasida Gruziyaga qarshi bahs olib boradi.
"Biz g‘alaba qozonishga tayyorlanyapmiz. Asosiy tarkibda ko‘plab muhim futbolchilar bo‘ladi. Diogu Koshta ilk daqiqalardanoq maydonga tushadi. Sababi, men rotatsiya qiluvchi darvozabonlarni yoqtirmayman. Sardor (Ronaldu) ham boshlang‘ich tarkibdan joy oladi joy oladi. Gruziya ajoyib himoya va qarshi hujumga ega."
"Portugaliya "Evro-2024" g‘olibligiga da’vogar, lekin favorit emas.", - deya qo‘shimcha qildi Portugaliya bosh murabbiyi Martines.
Fikrlar