Rodrigo: "Real" libosida o‘ynab, orzularimni ro‘yobga chiqaryapman"

  • 18.12.2025 11:06
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol

"Real Madrid"  hujumchisi Rodrigo "Talavera"ga qarshi Ispaniya Kubogi o‘yinida sardorlik bog‘ichini taqib harakat qildi. Uchrashuvning 66-daqiqasida braziliyalik zaxiradan maydonga tushdi va unga sardorlik bog‘ichi berildi.

"Men "Real" libosida o‘ynab, orzularimni ro‘yobga chiqaryapman. Bugun kechqurun "Real" sardorlik bog‘ichini taqdim va bu men uchun sharaf", - deya futbolchining so‘zlarini keltirdi jurnalist Fabritsio Romano.

Eslatib o‘tamiz, Rodrigo 2019 yildan beri "qirollik klubi" klubida o‘ynab kelmoqda. Xabi Alonso jamoasi navbatdagi o‘yinini o‘z maydonida "Sevilya"ga qarshi o‘tkazadi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!