Rodrigo "Real"dan norozi, vinger o‘zini Endrikdan ko‘ra salohiyatliroq deb hisoblamoqda

  • 07.02.2026 16:33
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Madridning "Real" klubi qanot hujumchisi Rodrigo Goes jamoadagi hozirgi holatidan norozi. Vingernig fikricha, u "Lion" safida beshta o‘yinda beshta gol urgan hamyurti Endrikdan ko‘ra ko‘proq salohiyatga ega. Bu haqida The Touchline X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, braziliyalik futbolchining atrofidagilar uning "qirollik klubi"ni tark etishga tayyorligini ma’lum qilgan.

Mavsumning 26 o‘yinda Rodrigo barcha musobaqalarda uchta gol urdi va oltita golli uzatmani amalga oshirdi. Endrik dekabr oyi oxirida ijaraga asosda "Real"dan "Lion"ga o‘tgandi. Umumiy hisobda 19 yoshli forvard joriy mavsumda 8 ta uchrashuvda 5 ta to‘p va assist muallifi bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!