Rodrigo uchun so‘ralayotgan 80 millionni APLning grand klubi to‘lashga tayyor
Madridning "Real" klubi hujumchisi Rodrigo Angliya Premer-ligasiga yo‘l olishi mumkin. "Fichajes" nashrining xabar berishicha, Londonning "Tottenxem" jamoasi 24 yoshli braziliyalik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishga hali ham qiziqish bildiryapti.
"Shporlar" ispaniyalik klub talab qilayotgan 80 million evro miqdoridan iborat transfer summasini to‘lashga tayyor.
Ma’lumot uchun, Xabi Alonso "Real" bosh murabbiyi lavozimini qabul qilgandan keyin Rodrigo ko‘pincha zaxirada qolmoqda. Aytishlaricha, u Jahon chempionati oldidan muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish uchun jamoasini o‘zgartirishga qarshi emas.
Joriy mavsumda Rodrigo barcha musobaqalarda 13 ta uchrashuvda maydonga tushib, ikki golli pas muallifi bo‘ldi.



Fikrlar