Rodrigining keyingi manzili aniq. Transfer yanvarda!

  • 03.01.2026 11:25
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Real”ning braziliyalik hujumkor futbolchisi Rodrigo Goes yetarli oʻyin amaliyotiga ega boʻlmayotgani ortidan jamoani tark etish niyatida. U yanvar oyidayoq boshqa klubga oʻtishi kutilyapti.

Ayni paytda braziliyalik hujumchi ikkita top-klub bilan muzokara olib bormoqda. Bu haqida Sport.es sayti axborot berdi.

Manba maʼlumotlariga koʻra, Rodrigoning keyingi manzili katta ehtimol bilan Angliya Premier-ligasi boʻladi. Hozir APLning ikki yetakchisi – “Arsenal” va “Manchester Siti” Rodrigoga asosiy daʼvogarl hisoblanadi.

Shu bilan birga, “Liverpul” ham futbolchini safiga qoʻshib olish uchun kurashga qoʻshilishi mumkinligi istisno qilinmaydi. Qayd etilishicha, “Real” oʻz oʻyinchisini muddatidan avval qoʻyib yuborish uchun 100 million yevro atrofida badal puli talab qiladi.

Joriy mavsumda Rodrigo barcha musobaqalar doirasida 21 ta oʻyinda ishtirok etib, 2 ta gol va 4 ta golli uzatma muallifi boʻldi. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil yozigacha moʻljallangan. Transfermarkt portali maʼlumotlariga koʻra, Rodrigoning bozor qiymati 60 million yevroni tashkil etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!