Rojers yana sobiq jamoasiga qaytishi mumkin

  • 14.06.2023 12:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

APLda "Liverpul" va "Lester"dagi faoliyati bilan tanilgan mutaxassis Brendan Rojers faoliyatini Shotlandiyada davom ettirishi mumkin. Sky Sports xabariga ko‘ra, shimoliy irlandiyalik murabbiyga "Seltik" qiziqib qolgan.

Manbaning qayd etishicha, 50 yoshli mutaxassis Shotlandiya grandi rahbariyati bilan dastlabki muzokaralarni ham o‘tkazgan. Muzokaralarning navbatdagi bosqichi shu hafta oxirida bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, Rojers "Seltik"da avval ham faoliyat yuritgan. U 2016 yildan 2019 yilgacha jamoani boshqargan. Brendan boshchiligida jamoa Shotlandiya chempioni, mamlakat kubogi va Shotlandiya liga kubogi sohibiga aylangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!