
"Roland Garros". Ayollar bahslarida daraja o‘z so‘zini aytdi
"Roland Garros" turnirining ayollar o‘rtasidagi bellashuvlarida ham kuchlilar nomi tobora aniqlashib bormoqda. Asosiy bahslarning navbatdagi kunida ham asosan kutilgan natijalar qayd etildi.
2-tartib raqam ostida saralangan Karolina Plishkova bu bosqichda misrlik raqibasi Mayar Sherifga qarshi bellashuvda biroz qiynalganini e’tirof etish joiz. Ilk setni tay-brekda boy bergan chexiyalik raketka ustasi keyingi setlarda o‘z jarajasiga mos o‘yin ko‘rsatdi. O‘yin Karolinaning 5:7, 6:2, 6:4.
Shuningdek, Sofiya Kenin 3 set davom etgan bahsda rossiyalik Lyudmila Samsonovani raketkalarini g‘ilofga joylashga majbur eta oldi. Qiziqarli jihati, bellashuv mobaynida birorta eys amalga oshirmagan amerikalik raketka ustasi yakunda 6:4, 3:6, 6:3 hisoblarida zafar quchdi.
Qozog‘istonlik 14-raqam ostida saralangan Elena Ribakina bu bosqichda ruminiyalik tennischi Sorana Kirstyaga qarshi kortga chiqdi. Aytish mumkinki, Elena bu uchrashuvni ortiqcha qiyinchiliklarsiz o‘z foydasiga hal qildi. Yakuniy hisob: 6:0, 6:3.
Fikrlar