
"Roland Garros". Shvyontek raqibini "sezmadi", ikkinchi yarim final haqiqiy dramaga aylandi
Tennis bo‘yicha "Katta dubulg‘a" turkumiga kiruvchi Frantsiya ochiq chempionati o‘zining qizg‘in pallasiga kirib ulgurdi.
Kecha turnirning ayollar o‘rtasidagi bahslarida finalchilar nomi aniqlandi. Musobaqaning birinchi tartib raqamda saralangan sportchisi Iga Shvyontek braziliyalik Beatris Haddan-Mayaga qarshi kortga chiqdi va o‘yin taqdirini 2 setda hal qildi, 6:2, 7:6 (9:7).
Yarim finalning ikkinchi qarama-qarshiligi chexiyalik Karolina Muchova hamda belaruslik Arina Sabalenka o‘rtasida kechdi. Teng kurashlar ostida o‘tgan bahsda Muchovaning qo‘li baland keldi, 7:5 (7:5), 6:7 (5:7), 7:5.
Endi Shvyontek - Muchova finali 10 iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 18:00 da start oladi.
Fikrlar