
"Roma" bosh direktori Jekoning jamoadan ketishi haqida o‘z fikrini bildirib o‘tdi
“Roma” bosh direktori Gvido Fienga bosniyalik hujumchi Edin Jekoning “Yuventus”ga o‘tishi mumkinligi haqida tarqalgan xabarlarga o‘z munosabatini bildirib o‘tdi.
“Edin – “Roma” sardori. U qancha xohlasa, shuncha payt qolishi mumkin. Men klubdagi ishimni qilaman va muzokaralarda yordam beraman, shuningdek, moliyaviy masalalar uchun javobgarman. Jekoning transferi haqida esa mendan ortiq hech narsa bilolmaysiz. "Roma" ning kuchli murabbiyi va kuchli tarkibi bor, biz esa kuchli futbolchilarni jamoada saqlab qolish uchun yangi xaridlarni amalga oshirishga astoydil harakat qilamiz.
Xaridlarmi? Bizda bir nechta yulduzlar bor, agar biz kimnidir sotib olishga qaror qilsak, u holda bu futbolchi jamoani sezilarli darajada kuchaytira olishi kerak”, - deydi Fienga.
Fikrlar