"Roma" bu futbolchiga yangi shartnoma taklif qilmoqda, biroq...

  • 14.03.2022 21:58
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Roma" klubi rahbariyati jamoa yarim himoyachisi Genrix Mxitaryan bilan amaldagi shartnomani uzaytirish borasida muzokaralar olib bormoqda.

Calciomercato xabariga ko‘ra, 33 yoshli armanistonlik futbolchiga yillik maoshini teng yarmiga qisqartirgan holda ikki yillik shartnoma taklif qilinmoqda. Aytish kerakki, uning ayni damdagi yillik maoshi 4 million evroni tashkil qiladi.

Mxitaryanning klub bilan amaldagi shartnomasi mavsum oxirida yakuniga etadi. U joriy mavsum 34 ta o‘yin o‘tkazib, 3 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!