“Roma” Eldor Shomurodov transferini 48 soat ichida hal qilmoqchi

  • 8 avgust, 2022, 19:00
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

"Roma" Eldor Shomurodov transferini iloji boricha ertaroq yakunlamoqchi, de xabar berdi “Romapress.net” nashri.

Futbolchiga asosiy nomzod "Bolonya" bo‘lib turibdi. Klub futbolchini sotib olish sharti bilan isharaga olmoqchi. Biroq “Roma” to‘liq transferni xohlamoqda.

“La Gazzetta dello Sport” nashrining qo‘shimcha qilishicha, tomonlar hozircha o‘zbekistonlik hujumchi borasida bir qarorga kela olmayapti. “Bo‘rilar” esa bu kelishuvni tezroq yakunlashni istamoqda. Chunki Mourino jamoasi haligacha Andrea Belotti bilan shartnoma imzoalay olmadi. Agar “Roma” “Bolonya” bilan kelisha olsa, unda Belotti transferini e’lon qilishi mumkin.

Gazetada yozilishicha, “Roma” bu muammoni 48 soat ichida yakunlashni istamoqda.

Ma’lumot o‘rnida, “Transfermarkt” portali Eldorning narxini 8 million evroga baholagan.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!