
“Roma” etakchisi kelajagi bo‘yicha bir qarorga keldi
“Roma”ning universal hujumchisi Nikolo Dzanolo faoliyatini poytaxt klubida davom ettiradigan bo‘ldi.
Dzanologa yozda “Yuventus” og‘iz soldi va o‘yinchi vakillari bilan muzokaraga kirishgan edi. Shuningdek, 22 yoshli futbolchi Angliyaning etakchi klublaridan ham taklif oldi. Bir muddat Rimdan ketishga ham harakat qildi.
Calciomercato va Football Italia nashrlarining xabar berishicha, “Roma” sport direktori Tyagu Pinto uzoq davom etgan muzokaralardan so‘ng italiyalik futbolchini jamoada qolishga ko‘ndirgan.
Nikoloning amaldagi shartnomasi 2024 yilning yozigacha tuzilgan. Endi rimliklar uni 2027 yilning 30 iyunigacha uzaytirmoqchi.
Fikrlar