“Roma” finalga tayyorlangani yo‘q!

  • 21 may, 2022, 14:03
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Roma” himoyachisi Janluka Manchini A Seriyaning “Torino”ga qarshi uchrashuvidan keyin jamoasining mavsumning eng muhim uchrashuvi – Konferentsiyalar ligasi finaliga tayyorgarlik boshlanmaganini ma’lum qildi.

Tecno

- Biz hali “Feyenoord”ni o‘rganib chiqqanimiz ham yo‘q. “Torino”ga qarshi o‘yin muhimligi uchun bor e’tiborimizni shu bahsga qaratdik.

Nidelandiyaliklarning Konferentsiyalar ligasidagi bir necha o‘yinlarini ko‘rib chiqqanimni yashirmayman. Lekin yakshanba kundan boshlab, rotterdamliklar jamoasini jiddiy tarzda o‘rgana boshlaymiz, - dedi Manchini.

“Roma” va “Feyenoord” o‘rtasidagi bellashuv 25 may kuni Albaniyaning Tirana shahrida bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!