"Roma" futbolchisi faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin

  • 26 aprel, 2019, 19:41
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Roma" klubi yarim himoyachisi Nikolo Dzanolo "Tottenxem"ning qiziqishlar doirasiga kirib qoldi. Bu haqda Gazzetta dello Sport nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra APL grandi 19 yoshli italiyalik futbolchini yaqinlashib kelayotgan yozgi transferlar davridayoq sotib olmoqchi va buning uchun “bo‘rilar”ga 50 mln evro taklif qilishni rejalashtirmoqda. Biroq, rimliklar ushbu futbolchisini 100 mln evroga baholashmoqda.

Ta’kidlash kerakki, Dzanologa shuningdek “Real” va “Yuventus”dan ham qiziqishlar bor.

Ma’lumot uchun, Nikolo Dzanolo joriy mavsum “Roma” safida jami 33ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 6ta gol hamda 2ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!