"Roma" futbolchisi uchun APLning ikki grandi kurash olib boradi

  • 12 may, 2020, 18:21
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Roma" klubi yarim himoyachisi Nikolo Dzanolo faoliyatini Angliya premer-ligasida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Daily Express nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, 20 yoshli italiyalik futbolchining xizmatlariga "Tottenxem" va "Manchester Yunayted" klublari qiziqish bildira boshlagan. Ushbu jamoalar Nikoloni yaqinlashib kelayotgan yozgi transferlar davridayoq sotib olishmoqchi.

Dzanolo joriy mavsum “Roma” safida 24 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 6 ta gol hamda 3 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning rimliklar bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilga qadar imzolangan, transfer narxi esa 45 mln evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!