“Roma” ham, Mourino ham yoqmadi!

  • 7 may, 2022, 09:41
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Roma”ning Konferentsiyalar ligasi finaliga chiqishi bo‘yicha munosabatlar davom etmoqda. Moskvaning “Lokomotiv” jamoasi sobiq bosh murabbiyi Yuriy Syomin kutilmaganda rimliklarni tanqid ostiga oldi.

- Konferentsiyalar ligasida “Roma” o‘yinchilari va bosh murabbiy Joze Mourinoning o‘zini tutishi menga umuman yoqmadi. Ayniqsa, bu Norvegiyaning “Budyo-Glimt” jamoasiga qarshi o‘tkazilgan o‘yinlarda yoqqol namoyon bo‘ldi.

Menimcha, “Roma” katta xatolar tufayli g‘alaba qozondi. Natijada ular finalga chiqdi. Agar hammasi adolatli bo‘lganida Mourino va “Roma”ni finalda ko‘rmas edik.

Negadir mutasaddilari Norvegiya jamoasining bosh murabbiyi chetlatib yuborishdi. Rimliklardan hech kim jazolanmadi. Mojaroni esa, Rim klubi mutasaddilari keltirib chiqargan edi, - dedi Yuriy Syomin.

zhoze-mourinyu-provyol-1000-j-match-v-karere_16317855501841196009

Guruh bosqichida “Roma” futbolchilari “Budyo-Glimt” maydonida 6:1 hisobida mag‘lub bo‘lgan va Rimdagi bahsda durang qayd etilgan - 2:2.

Qur’a bu ikki jamoani pley-offda ham bir-biriga ro‘baro‘ qildi. Unda Mourino shogirdlari Norvegiyadan 1:2 hisobidagi mag‘lubiyat bilan qaytdi. Javob o‘yinida esa, “Roma” 4:0 hisobida zafar quchib, musobaqani davom ettiradigan bo‘ldi.

Endi “Roma” 25 may kuni Konferentsiyalar ligasining final uchrashuvida Niderlandiyaning “Feyenoord” jamoasi bilan bellashadi. G‘olib jamoa musobaqaning birinchi g‘olibi sifatida tarixga kiritiladi.

“Roma” yozga asosiy transfer nishonini belgiladi

Joze Mourino mavsum yakunlanishi bilan kelasi mavsum uchun tarkibda sezilarli o‘zgarishlar qilmoqchi.

Portugaliyalik mutaxassis asosiy transfer nishoni sifatida “Manchester Yunayted”ga kerak bo‘lmay qolgan Aaron Uan-Bissakani belgiladi.

Angliyalik futbolchining amaldagi shartnomasi yana ikki mavsum davom etadi. Biroq, futbolchi o‘ziga taqdim etilayotgan o‘yin vaqtidan qoniqmayapti. Klub mutasaddilari ham Aaronni yozda jamoani tark etishi kutilayotgan futbolchilar ro‘yxatiga kiritgan.

24 yoshli o‘ng qanot futbolchisi joriy mavsumda Angliya premer-ligasida yigirmata, Chempionlar ligasida oltita uchrashuvda qatnashib, birorta samarali harakatni amalga oshira olmadi.

Manchesterliklar klubdagi kelajagi katta so‘roq ostida turgan o‘yinchini 30 million evro evaziga qo‘yib yuborishga tayyor.

Wan-Bissaka

Hujumchini sotmasak bo‘lmaydi!

“Roma” rahbariyati klub bilan amaldagi shartnomasini uzaytirishga shoshilmayotgan Nikolo Dzanoloni sotib yuborishga tayyorligini bildirdi.

22 yoshli futbolchiga Italiya va Angliya grandlaridan jiddiy qiziqish bo‘lmoqda. Rimliklar futbolchini qimmatroq sotish maqsadida u bilan kelishuvni yangilab, 80 million evro miqdorida badal puli belgilamoqchi edi.

Biroq, muzokaralar qiyin o‘tyapti va Nikolo yangi bitim borasida bir qarorga kelgani yo‘q.

Shunga qaramay, “Roma” mutasaddilari yozda Dzanolo bo‘yicha 50 million evrolik taklif bo‘lsa, o‘yinchini qo‘yib yuboradi.

Dzanologa asosiy da’vogar sifatida “Yuventus” tilga olinmoqda. Turinliklar mavsum yakunlanishi bilan klubdan ketadigan argentinalik Paulo Dibala o‘rniga hujum chizig‘ida texnik imkoniyatlari kengroq bo‘lgan “Roma” hujumkor futbolchisini olib kelmoqchi.

Nikoloning o‘zi ham jamoani tark etishga qarshi emas. U joriy mavsumda barcha turnirlarda 39 marotaba maydonga tushib, raqiblar darvozasini 7 marta ishg‘ol qildi va jamoadoshlariga sakkizta golli pas uzatdi.

e9n0davxeaugnrr

Ikki daqiqa o‘ynagan Shomurodov zo‘r baho oldi!

Rossiyaliklar Shomurodov duelini kutyapti!

Shomurodov, endi senga yanada qiyin bo‘ladi!

“Roma” hujumchisi: Ketishim kerak bo‘lgan vaqt kelganini bildim!

Gol urish mana bunaqa bo‘ladi! O‘zbek legioneri birinchi xet—trikni qayd etdi!

Shomurodovni ham o‘ynatib ko‘rdik, biroq... Mourino legionerimiz haqida ham gapirdi

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!