“Roma” hujumchi talabini bajarmaydi!
“Roma” rahbariyati jamoaning universal hujumchisi Nikolo Dzanolo bilan yangi shartnoma bo‘yicha muzokara olib bormoqda.
Italiya matbuotining yozishicha, muzokaralar barbod bo‘lish arafasida turibdi. Ma’lumotlarga qaraganda, klub rahbariyati 23 yoshli futbolchiga yiliga 3,5 million evro maosh to‘lashni taklif qilgan. Biroq, Nikoloni bu summa umuman qoniqtirmayapti.
Yozda Dzanologa “Yuventus” va “Tottenxem”dan jiddiy taklif bo‘lgandi. Konferentsiyalar ligasidagi g‘alabadan keyin italiyalik o‘yinchi Joze Mourino qo‘l ostida to‘p tepishga qaror qildi.
Uning amaldagi shartnomasi 2024 yilning yozigacha davom etadi. Agar kelishuv yozgacha uzaytirilmasa, rimliklar mavsum tugashi bilan Dzanoloni sotib yuborishi kerak bo‘ladi.



Fikrlar