“Roma” hujumchisi faoliyatini Frantsiya chempionatida davom ettirishi mumkin

  • 13 iyul, 2022, 16:42
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Roma” hujumchisi Jastin Klyuyvert faoliyatini Frantsiya chempionatida davom ettirishi mumkin.

Jurnalist Nikolo Skraning xabar berishicha, “Lion” gollandiyalik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishni istamoqda.  

Klyuyvert "bo‘rilar" bosh murabbiyi Joze Mourinoning rejalariga kiritilmagan, shu bois rimliklar rahbariyati futbolchini iloji boricha tezroq boshqa jamoaga sotib yuborishni istamoqda.

Avvalroq "Marsel" Jastinga qiziqish bildirgani haqida xabarlar tarqalgan edi, biroq bu mish-mishlar yakunda o‘z tasdig‘ini topmadi.

Eslatib o‘tamiz, Klyuyvert o‘tgan mavsumni boshqa frantsuz klubi - "Nitstsa"da ijara asosida o‘tkazagan edi. Mavsum yakunida esa “burgutlar”  uni sotib olmasligini ma’lum qildi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!