"Roma" hujumchisi jamoani tark etmoqchi
"Roma" klubining ukrainalik forvardi Artyom Dovbik klubni tark etishni istayapti.
"La Gazzetta dello Sport" nashri bergan ma’lumotlarga qaraganda, 28 yoshli futbolchi jamoasini almashtirish borasida o‘z agenti bilan bog‘langan. "Roma" ham forvardni o‘yin amaliyoti beriladigan klubga ijaraga berish niyatida. Rim klubi Dovbikdan tashqari, Evan Fergyusen bilan ham xayrlashish variantini ko‘rib chiqmoqda. 21 yoshli irlandiyalik futbolchi klubda 2026 yilning yozigacha ijara asosida to‘p tepadi, biroq klub rahbariyati Evanni qishdayoq ketkazib yuborishga qaror qilgan.
Agar ikki futbolchi jamoani tark etsa, "bo‘rilar" ularning o‘rnini to‘ldirish uchun "Manchester Yunayted" forvardi Joshua Zirkze, "Nottingem Forest"dan Arno Kalimuendo va "Yunion" hujumchisi Promis Devisdan birini sotib olishga harakat qiladi.
Ma’lumot uchun, Dovbik joriy mavsumda barcha musobaqalarda 9 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol urdi va bitta golga assistentlik qildi.
Ulug‘bek Hoshimov



Fikrlar