“Roma” hujumchisi “Oltin to‘p”ni orzu qila boshladi
“Roma” hujumkor futbolchisi Nikolo Dzanolo kelajakdan umidlari katta ekanini ma’lum qildi.
- Kelajakda juda ko‘p sovrinlarni qo‘lga kiritishni istayman. O‘zim ham kuchayib, texnik ko‘rsatkichlarimni yaxshilashim kerak. Men maydonda haqiqiy futbolchi sifatida shakllanishim lozim. E’tirozlar bildirishni kamaytirdim.
Har bir futbolchi kabi “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritishni orzu qilaman. Bu juda marakkab ish, lekin urinib kzo‘rishga arziydi.
Xorijga chiqish masalasida biror nima deya olmayman. Oldinda bizlarni nimalar kutib turganini bilmaymiz. Lekin turli madaniyatlar bilan to‘qnash kelish sizni o‘sio‘ga majbur qiladi. Lekin nima bo‘lishini hech kim bilmaydi, - dedi Nikolo Dzanolo.
22 yoshli futbolchiga A Seriya grandlaridan tashqari, Angliya premer-ligasi vakillaridan chorlovlar bo‘lyapti. Rim klubi iste’dodli o‘yinchisi yangi bitim tuzmasa, uni 50 million evroga sotib yuborishni mo‘ljallagan.

Fikrlar