"Roma" hujumchisiga 3 ta top-klub qiziqish bildirmoqda

  • 8 yanvar, 2023, 07:31
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Roma" hujumchisi Nikolo Zanolo faoliyatini boshqa klubda davom ettirishi mumkin.

"La Gazzetta dello Sport" nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, italiyalik futbolchiga bir vaqtning o‘zida 3 ta top-jamoa qiziqish bildirmoqda. "Borussiya" Dortmund, "Atletiko" hamda "Milan" uni o‘z tarkibida ko‘rmoqchi.

Rimliklarning o‘zi ham Nikologa yangi shartnoma taklif etyapti, ammo tomonlar hali bir to‘xtamga kelgani yo‘q. Uning "bo‘rilar" bilan amaldagi kelishuvi 2024 yilgacha mo‘ljallangan.

24 yoshli vingerning "Transfermarkt" portalidagi narxi 30 million evroga teng. Zanolo 2018 yildan beri "Roma" sharafini himoya qilib keladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!