"Roma" Klyuyvertni APL klubiga qo‘yib yubormoqchi

  • 11 may, 2020, 11:43
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Roma" mavsumlar oralig‘ida "Everton" hujumchisi Moyse Kinni o‘z tarkibiga jalb etmoqchi. Bu haqda Calciomercato nashri xabar bermoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, “bo‘rilar” 20 yoshli italiyalik futbolchi evaziga “irischilar”ga gollandiyalik futbol afsonasi Patrik Klyuyvertning o‘g‘li hisoblangan Jastin Klyuyvertni berishga tayyor.

Kin joriy mavsum “Everton” safida 26 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol hamda 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. 21 yoshli Klyuyvert esa 27 ta o‘yinda o‘z hisobiga 7 ta gol hamda 2 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!