“Roma” Mourinoga kerakmas o‘yinchi bilan shartnoma tuzadi!

  • 28 iyun, 2022, 17:27
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Roma”ning 20 yoshli himoyachisi Rikkardo Kalafori kelasi mavsumni ijara asosida boshqa jamoada o‘tkazadigan bo‘ldi.

Sky Sport Italia nashrining yozishicha, klub tarbiyalanuvchisi “Salernitana” safiga qo‘shiladi. Bu jamoada selektsiya ishlari bilan “Roma”ning sobiq sport direktori Morgan de Sanktis shug‘ullanmoqda.

Ma’lumotlarga qaraganda, Kalafori rimliklar bilan yangi bitim tuzadi va shundan keyin ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish uchun “Salernitana”ga yo‘l oladi.

Kalafori o‘tgan mavsumni “Roma”da boshlab, yanvar oyida “Jenoa”ga ijaraga berilgandi. U jami 12 ta uchrashuvda maydonga tushdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!