“Roma” muxlislari Shomurodov haqida nimalar deganini bilasizmi?

  • 1 fevral, 2023, 23:20
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Eldor Shomurodov o‘zi bir yarim yil o‘ynagan “Roma”ni vaqtinchalikka bo‘lsa-da tark etdi. Legionerimiz mavsumni “Spetsiya” safida yakunlab qo‘yadi. Yozda kelajagi haqida bemalol bosh qotirishiga imkon ham, vaqt ham bo‘ladi.

Tecno

Kelasi mavsumni balki “Roma”da yoki umusman boshqa jamoadan boshlar. Bunisini vaqt ko‘rsatadi.

Rim klubi muxlislari Eldor Shomurodovning boshqa jamoaga o‘tganini ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilmoqda.

gettyimages-1449670188-612x612

Sports.uz portali e’tiboringizga «roma» muxlislarining fikr-mulohazalaridan bir qismini havola qiladi.

Sor Pasquino:

Shomurodov sen “Roma”da kam o‘ynagan bo‘lsangda, haqiqiy professionalliging va sadoqating bilan muxlislar mehrini qozonding. Hech qachon tortishmasligingga qoyil qoldik.

“Spetsiya” uchun kamida 15 ta gol urib, haqiqiy mahoratingni ko‘rsata olishingni tilab qolamiz.

Dove sta Josè:

Shomurodov “Spetsiya”ni musobaqada xavfsiz zonaga olib chiqadi...

Nonoseimoltomejote:

“Roma”da 48 ta uchrashuvda 6 ta gol. Endi u “Spetsiya”da bir juft xet-trik qilishi va undan yuqori marralarni ko‘zlashi mumkin.

Sor Pasquino:

Shomurodovning o‘yin vaqtini ham inobatga olish kerak. Bu mavsum jami 150 daqiqa o‘ynadi va bahs oxirida maydonga tushdi. Andrea Belotti esa, 682 daqiqani isrofni qildi-ku.

Giannis1:

Endi Shomurodovni ko‘proq kuzatish imkoniyati paydo bo‘lgani menga yoqyapti. Nega uni “Kremoneze” kabi jamoalarga qarshi ham o‘ynatishmaganini hech tushunmadim...

Franco65:

20 million evro havoga uchdi. Buning ustiga Belotti ham foyda keltirgani yo‘q, Abraxam uchun to‘langan 40 million ham o‘zini oqlamadi...

Sor Pasquino (Franco65 fikriga javoban):

Hech narsa havoga uchgani yo‘q. Shomurodov hamon “Roma” futbolchisi. Ijarada o‘zini ko‘rsatib, yana ortga qaytadi. Pulini oqlaydi, balki foyda ham keltirar.

Miguel:

Eldorga omad. U kam o‘ynagan bo‘lsa-da, “Roma”ga aloqasi yo‘q, deyishga tilim bormaydi. Qani, olg‘a!  

Asterix:

Eldor, bu senga yana bir imkoniyat. Qarshi hujumda o‘ynaydigan jamoada yana o‘zingni ko‘rsata olishingga ishonaman.

Michele:

Menimcha, u moliyachilarning turli operatsiyalari qurboni bo‘ldi. Futbol o‘ynay olishini ko‘rsatadi, hali.

Vinz71:

Kamtarona klubda Eldorning ishlari yurishib ketishiga umid qilamiz.

6144775_2120_rere

Pietro Parchi:

Olg‘a, Eldor!

Vis Romae:

Shomurodovning olti oylik ijarasi bizga 1,5 million evro keltirmoqda. “Milan” esa Dzanolo ijarasi uchun 600 ming evro taklif qilgandi...

Tezkor: Bobur Abduxoliqov Belarus chempioni, deb e’lon qilinishi kutilmoqda!

Igor Sergeev faoliyatini qaerda davom ettirishi hal bo‘ldi!

Shomurodovning “Spetsiya”dagi debyutini qachon ko‘ramiz?

O‘runovni pul “sindirdi”!

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
OLIM1888
02/02/2023 01:05
Endi kõproq Gol ursin