"Roma" Peres bo‘yicha "Barselona" bilan kelishuvga erishdi
Ispaniyaning Onda Cero radiostantsiyasi xabariga ko‘ra, "Roma" Karles Peres transferi bo‘yicha "Barselona" bilan kelishib oldi.
Manbaga ko‘ra, 21 yoshli ispaniyalik xavbekning transferi rimliklar uchun 15 million evroga tushadi. Peres 28-yanvar kuni Rimda tibbiy ko‘rikdan o‘tishi va "Roma" bilan shartnoma imzolashi kutilmoqda.
Joriy mavsumda Peres Ispaniya La Ligasi doirasida "Barselona" libosida 10 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol kiritgan.
Fikrlar