
“Roma” Shomurodovga yana bir raqobatchi olib kelmoqda
“Manchester Yunayted” yarim himoyachisi Jessi Lingard faoliyatini A Seriyada davom ettirishi mumkin.
"Gazzetta dello Sport" nashri xabariga ko‘ra, futbolchiga Rimning "Roma" klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda. 29 yoshli angliyalik bilan shartnoma imzolashni “bo‘rilar” bosh murabbiiy Joze Mourinoning shaxsan o‘zi istamoqda. Portugaliyalik mutaxassis oldin “qizil iblislar” safida Jessi bilan ishlagan va uning nimalarga qodirligini yaxshi biladi.
30 iyun kuni “Manchester Yunayted” hamda Lingard o‘rtasidagi shartnoma yakuniga etadi. Klub futbolchi bilan yangi bitim imzolamagach, yarim himoyachi shu oyning oxirida mankunianliklar safini erkin agent maqomida tark etishini ma’lum qildi.
Fikrlar