"Roma" vakili erkin agent sifatida "Inter" safiga borib qo‘shiladi

  • 3 iyun, 2022, 22:23
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Roma" futbolchisi Genrix Mxitaryan faoliyatini Italiyaning boshqa jamoasida davom ettiradi. Bu haqda taniqli jurnalist Fabritsio Romano xabar berdi.

Tecno

Manbaga ko‘ra, hujumkor yarim himoyachining xizmatlariga "Inter" klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda. Og‘zaki kelishuv va tibbiy tekshiruv masalasi ham hal qilingan.  

Armanistonlik iqtidor sohibi ham Rim klubini tark etishga qarshi emas. U chempionlar ligasida harakat qiladigan jamoa bilan shartnoma imzolashni maqsad qilgan. 

Transfer tez orada rasman e’lon qilinadi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!