
“Roma” yaqin orada PSJ futbolchisini sotib olganini e’lon qiladi
PSJ futbolchisi Jorjino Veynaldum faoliyatini Italiya A seriyasida davom ettirishi mumkin.
Italiya ommaviy axborot vositalari gollandiyalik yarim himoyachi yaqin orada "Roma"ga o‘tishi haqida mish-mishlar tarqalmoqda.
“La Gazzetta dello Sport” nashri xabariga ko‘ra, parijliklar futbolchini rimliklarga ijaraga berib yuborishga rozi bo‘lgan. “Bo‘rilar” futbolchi bilan kelasi mavsum yakuniga qadar amal qiladigan shartnoma imzolaydi. Jorjinoning maoshini klublar o‘rtasida teng taqsimlanadi. Shuningdek, kelishuvga Rim klubi yarim himoyachini to‘rt million evroga sotib olish haqidagi band ham kiritilgan.
Ushbu transfer tashabbuskori "Roma" bosh murabbiyi Joze Mourino hisoblanadi. Veynaldumning o‘zi ham faoliyatini Rimda davom ettirishga qarshi emas.
Fikrlar