
“Roma” yulduz o‘yinchini tanladi
“Roma” yozgi transferlar vaqtida “Atletiko” yarim himoyachisi Rodrigo de Paulni qo‘lga kiritishga jiddiy kirishdi.
Football Italia nashrining yozishicha, rimliklar argentinalik futbolchining o‘z jamoasida asosiy tarkibning muqim o‘yinchisiga aylana olmaganidan foydalanib, uni A Seriyaga ko‘chirib kela olishiga ishonmoqda.
De Paul bir yil muqaddam katta umidlar bilan “Udineze”dan Madrid klubiga ko‘chib o‘tgandi. Madridliklar 28 yoshli o‘yinchi uchun katta summa – 35 million evro to‘lagan bo‘lsa-da. Diego Simeone o‘z hamyurtini asosiy figuraga aylantirishga shoshilmayapti.
Rodrigo o‘tgan mavsumda 46 ta o‘yinda qatnashib, to‘rtta gol va ikkita assist muallifi bo‘ldi. O‘yinchining o‘zi jamoasini almashtirishga moyil bo‘lib turibdi.
Fikrlar