“Roma”da 14 ta yaxshi o‘yinchi bor xolos!
Ayni paytda “Santa-Klara” jamoasida ishlayotgan “Roma”ning sobiq murabbiyi Nuno Kampos yaqinda rimliklar safiga qo‘shilgan Serjiu Oliveyra poytaxtliklar o‘yinini kuchaytirishga qodir ekanini ta’kidladi.
- Oliveyraning kelishi “Roma”ga katta yordam. U mening qo‘l ostimda “Pasush de Ferreyra” jamoasida o‘ynagan. Tug‘ma chempion va kuchli xarakter egasi.
“Roma”la bosh murabbiy va jamoalarga bosim xuddi grand klublarnikidek. Ular jamoadan chempionlikni talab qilmoqda. Lekin “Roma” qariyb 100 yillik tarixida atigi uch marta skudettoni qo‘lga kiritgan.
Mourino dunyoning eng zo‘r murabbiylaridan, lekin unga vaqt va sarmoya berilmasa, u ham muvaffaqiyatsizlikka uchraydi. Hech bir murabbiy mo‘’jiza yarata olmaydi.
Mourinoni olaylik. Sening qo‘l ostingda faqatgina 12-13 futbolchi doimiy o‘ynasa biror yutuqni kutib bo‘lmaydi. O‘ylashimcha, jamoa muxlislari “Roma”da atigi 14 ta yaxshi o‘yinchi borligini va bu katta g‘alabalarga kamlik qilishini tushunib etdi, - deydi Nunu Kampos.

Fikrlar