
“Roma”da o‘ynolmagan futbolchiga kuchliroq klub kerak
“Roma” yarim himoyachisi Amadu Diavara asosiy tarkibga kira olmayotgani uchun klub mutasaddilari uni qishki transferlar vaqtida ijaraga jo‘natmoqchi edi.
Iste’dodli futbolchiga xaridor tez topildi. “Kalyari” rahbariyati gvineyalik futbolchini Rim klubidan olish maqsadida taklif bilan chiqdi.
Amadu Diavara uch yildan beri asosiy tarkibga kira olmayotganiga qaramay, unga o‘yin amaliyotini kafolatlagan “Kalyari”ga o‘tishdan bosh tortdi.
Aslida 24 yoshli futbolchi “Roma”dan ketishga tayyor. Faqat u “Kalyari”dan kuchliroq jamoadan ijara emas, to‘laqonli transfer bo‘yicha taklif tushishini kutmoqda.
Diavaraning “Roma” bilan amaldagi shartnomasi yana ikki yarim yil davom etadi. O‘yinchining transfer summasi 10 million evroni tashkil qilyapti.
Fikrlar