“Roma”da qolish uchun zo‘r o‘ynashim kerak!

  • 6 dekabr, 2022, 14:44
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Roma” sport direktori Tyagu Pinto oldida turgan eng muhim vazifalardan biri Nikolo Dzanolo bilan yangi bitim tuzish masalasidir.

Tecno

Nikolo Dzanolo Rim klubida qolishni istayapti. Biroq, klub rahbariyati u talab qilayotgan maoshni berishga ko‘nmayapti.

Bunga asosiy sabab – 23 yoshli futbolchiga butun mavsum davomida barqarorlikka ega bo‘la olmayotganidir. Nikolo bu kamchiligini o‘zi yaxshi tushunib turibdi.

Italiyalik hujumkor futbolchi hozir bor e’tiborini mavsumning qolgan qismiga tayyorgarlik  ko‘rishga qaratgan.

Dzanolo yanvar oyidan boshlab eng yuqori sport formasiga chiqmoqchi va chempionat yakunlangunga qadar klub rahbariyatini o‘zini jamoaga kerak ekaniga ishontirmoqchi.

Bu futbolchining amaldagi shartnomasi 2024 yilning yarmigacha davom etadi. Dzanoloni anchadan beri “Yuventus” o‘z safiga chorlab keladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!