
“Roma”dan haydalgan Mourinoga Italiyadan ish chiqdi
“Roma”dan iste’foga chiqarilgan Joze Mourino uzoq vaqt ishsiz qolmaydigan ko‘rinadi. Yaqinda portugaliyalik mutaxassisga “Barselona” qiziqayotgani haqida ma’lumotlar tarqatilgan edi.
Sport Mediaset nashrining ma’lum qilishicha, Joze Mourino Italiyaning amaldagi chempioni “Napoli”ni qabul qilib olishi mumkin.
Mourinboning agenti Jorje Mendesh neapolliklar klubi prezidenti Aurelio De Laurentis bilan muzokaralarni boshlab yuborgan.
Mutaxassislar Mourinoning “Napoli” bosh murabbiyligiga tayinlanishiga bitta to‘siq bor ekan. U ham bo‘lsa, portugaliyalik mutaxassis xizmat haqini katta so‘rashi. Agar tomonlar mana shu masalani hal qila olsa, Mourino Neapol shahriga ko‘chib keladi.
Mourino “Roma”ni 2021 yilning yozidan beri boshqarib kelayotgan edi. Uning qo‘l ostida poytaxtliklar jami 96 ta uchrashuvda qatnashib, 44 ta g‘alaba, 23 ta durang va 29 ta mag‘lubiyat qayd etgan.
Fikrlar