“Roma”ning dushmanlari faoliyatini to‘xtatdi

  • 27 may, 2022, 22:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Rimning ikki klubi – “Roma” va “Latsio” bir-biriga ashaddiy raqib. Keyingi davrda “bo‘rilar”ning sovrinlar masalasida ishlari yurishmay qolgandi.

Tecno

“Roma”ning so‘nggi sovrinli mavsumi 2008 yilga to‘g‘ri keladi va o‘shanda jamoa Italiya kubogida zafar quchgan edi.

O‘sha o‘yindan beri “Latsio” fanatlari maxsus sayt ochib, unda “Roma”ning “quruq” mavsumlarining hisob-kitobi yuritilar edi.

Bu mavsumni “bo‘rilar” ancha muvaffaqiyatli yakunladi. Joze Mourino shogirdlari Konferentsiyalar ligasida zafar quchib, sovrinsiz mavsumlarga barham berdi. Tarixiy g‘alabadan keyin “Latsio” fanatlari yillar davomida raqibni obro‘sizlantirib kelgan maxsus saytni yopishga majbur bo‘ldi, deb xabar bermoqda Italiya matbuoti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!