"Roma"ning zaxirada qolib ketayotgan futbolchilariga La Ligadan takliflar bor

  • 27 dekabr, 2021, 16:31
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

So‘nggi paytlarda kutilgan o‘yinni ko‘rsata olmayotgan "Roma" klubi jiddiy o‘zgarish ostonasida turibdi. Bu haqda ispan matbuot bong urmoqda.

Tecno

Ma’lum bo‘lishicha, rimliklarning ikki nafar futbolchisi La Ligaga yo‘l olishi mumkin. Gap Gonsalo Vilyar hamda Karles Peres haqida ketmoqda. Vilyar xizmatiga "Valensiya"dan, Peresga esa, "Kadis" jamoasidan qiziqish bor.

Katta ehtimol bilan, Mourino ularni qo‘yib yuboradi. Boisi, yuqorida ismi keltirilgan futbolchilar deyarli o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayapti.

"Bo‘rilar" navbatdagi uchrashuvni 6 yanvar kuni o‘tkazadi. Ularga "Milan" raqiblik qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!