
Romanodan navbatdagi insayd! "Siti" Husanov transferi masalasida dadil qadam tashladi
"Lans" safida to‘p tepayotgan legionerimiz Abduqodir Husanovga "Manchester Siti" so‘nggi paytlarda jiddiy qiziqish bildirmoqda. Uning "shaharliklar" safiga o‘tishi mumkinligi haqida bir necha kun avval Fabritsio Romano xabar bergandi.
Taniqli insayder biroz avval ham mazkur transfer masalasida o‘zining "X" sahifasida post qoldirdi:
"Manchester Siti" Abduqodir Husanov transferi borasida muzokaralarni faol davom ettirmoqda.
Muhokamalar futbolchining o‘zi bilan ham, klub bilan ham davom etmoqda. Keyingi qarorlar qanday bo‘lishi kutilyapti. Sababi, Husanovga juda ko‘p klublar jiddiy qiziqish bildirmoqda", - deydi Romano.
Fikrlar