Romero "Atletiko" nishonida: transfer bahosi 50 million yevro

  • 21.04.2026 15:08
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Kristian Romero yozgi transfer oynasida Angliyadan Ispaniyaga yo‘l olishi mumkin. Bu haqida "Caught Offside" nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, hozirda Londonning "Tottenxem Xotspur" klubiga tegishli bo‘lgan markaziy himoyachiga "Atletiko Madrid" jiddiy qiziqish bildirmoqda.

27 yoshli futbolchining transfer qiymati 50 million yevro atrofida baholanmoqda. Uning amaldagi shartnomasi 2029 yil iyun oyigacha mo‘ljallangan.

Joriy mavsum Angliya Premier-ligasida Romero 23 ta o‘yinda ishtirok etib, 4 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!