Ronaldу nega o‘zbek futbolchilari bilan futbolka almashmadi?
Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronalduni jahon chempionati 2-turida Oʻzbekistonga qarshi oʻyindan soʻng (5:0) raqib futbolchilari bilan futbolka almashmadi. Maydondagi suratlarga qaraganda, oʻzbekistonlik oʻyinchilar unga forma almashishni taklif ham qilmagan koʻrinadi.
Uchrashuv yakunida Ronaldu oʻz formasini zahirada qolgan jamoadoshi Diogu Dalotga topshirdi. Shu bilan birga, oʻyin davomida taqib yurgan sardorlik bogʻichi ham Dalotga nasib etdi.
Krishtianu ushbu bahsda ikki gol urdi va rasm an uchrashuvning eng yaxshi oʻyinchisi, deb topildi.

Fikrlar