Ronaldo “Evro-2024”da qaysi terma jamoa g‘olib chiqishini aytdi

  • 22 mart, 2024, 16:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Braziliya terma jamoasi va “Real”ning sobiq yulduzi Ronaldo yozda Germaniya mezbonlik qiladigan Evropa chempionatida qaysi jamoa g‘olib chiqishi haqidagi savolga quyidagicha javob qaytardi.

- O‘ylashimcha, Ispaniya terma jamoasi g‘olib bo‘ladi, - dedi Ronaldo.

Bu galgi Evropa chempionatiga Germaniyaning 10 ta shahridagi stadionlar mezbonlik qiladi. Musobaqa 14 iyuldan 14 iyulgacha davom etadi.

Qit’a chempionatining amaldagi g‘olibi Italiya terma jamoasi hisoblanadi. Italiyaliklar to‘rt yil muqaddam “Uembli”da Angliya terma jamoasi engib, bosh sovrin sohibi bo‘lgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!