
Ronaldu, Benzema va Neymarning klublari endi katta transferlarga qo‘l urolmaydi
Saudiya Arabistoni suveren fondi Professional liganing to‘rt etakchi klubi – “Al-Ahli”, “Al-Hilol”, “An-Nasr” va “Al-Ittihod”ni moliyalashtiradi.
Ushbu fond rahbariyati klublarning qishki transferlariga limit qo‘ydi.
Ispaniyaning As nashri xabar berishicha, bu klublar fondning yordamisiz katta xaridlarni amalga oshira olmaydi. Qoidaga ko‘ra, har bir klub transfer siyosatini o‘zi yuritadi, biroq har qanday xarid qator talablar asosida qilinadi.
Hozirgi paytda klublarning hech qaysisi davlat pullarisiz yuqori saviyadagi qimmatbaho o‘yinchilarni olib kelolmaydi.
Eslatib o‘tamiz, Krishtianu Ronaldu “An-Nasr”, Karim Benzema “Al-Ittihod”, Neymar esa “Al-Hilol” jamoasi a’zosi hisoblanadi.
Fikrlar