Ronaldu yubiley o‘yinida 11 uchrashuvdan iborat bo‘lgan an’anasini buzdi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronaldu A Seriya doirasida kechgan "Inter" (2:0) ga qarshi bahsda maydonga tushdi.

35 yoshli forvard Italiya chempionatida 11 ta bellashuvdan buyon gol urib kelayotgandi, ammo bugun raqib darvozasini ishg‘ol etolmadi.

So‘nggi bor, Ronaldu 12-tur doirasida, o‘tgan yilning noyabr oyida "Milan"ga qarshi kechgan uchrashuvda gol urolmagandi.

Bundan tashqari, "Inter"ga qarshi o‘yin portugaliyalik futbolchi uchun faoliyatidagi yubiley 1000-bahs bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!