Ronaldu: "Arsenal" chempion bo‘lishi mumkin, lekin "Manchester Yunayted" ..."

  • 05.11.2025 12:24
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

Sobiq "Manchester Yunayted" hujumchisi Krishtianu Ronaldu Angliya chempionatidagi chempionlik uchun kurash haqida fikr bildirdi.

– Sizningcha, "Arsenal" bu mavsumda chempion bo‘ladimi?

– Balki. Bu mumkin. Menimcha, Angliya chempionatidagi etakchi jamoalar darajasi bir-biriga juda yaqin. Lekin bu musobaqada nima bo‘lishini oldindan aytish juda qiyin. Chempionat o‘ta og‘ir.

Ammo "Manchester Yunayted" chempion bo‘lmaydi, chunki jamoaning orqada qolishi juda katta. Nazariy jihatdan imkoniyat bor, lekin men bunga ishonmayman. "Arsenal"? Ha, bu mumkin.

– Menga umid ber.

– Bu mumkin. Ko‘ramiz.

– "Arsenal" chempion bo‘lishi mumkin", deb ayta olasanmi?

– "Arsenal" chempion bo‘lishi mumkin".

– Rahmat! – dedi jurnalist Pirs Morgan "An-Nasr" futbolchisiga.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!