Ronaldu "Barcha davrlarning eng yaxshi futbolchisi" sovrinini qo‘lga kiritdi
"An-Nasr" hujumchisi Krishtianu Ronaldu Portugaliya ligasi taqdirlash marosimida "Barcha davrlarning eng yaxshi futbolchisi" sovrinini qo‘lga kiritdi.
Futbolchi Jahon futboli rivojiga katta ta’sir ko‘rsatgani va uning tarixida chuqur iz qoldirgani uchun sovrin bilan taqdirlandi.
Ronaldu taqdirlash marosimida shaxsan o‘zi ishtirok eta olmadi va video orqali murojaat qildi.
"Faoliyatim davomida ushbu sovrinni qo‘lga kiritishimda yordam bergan barcha jamoadoshlarimga rahmat aytmoqchiman. Shuningdek, barcha murabbiylar, yaxshiroq bo‘lishimda yordam bergan barchaga tashakkur", - dedi 40 yoshli futbolchi.



Fikrlar