Ronaldu barcha "You Tube" rekordlarini yangiladi. U hozirgacha qancha pul ishlab topdi?

  • 25 avgust, 2024, 16:41
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

So‘nggi 72 soat ichida Krishtianu Ronalduning "You Tube" kanali rekord darajada 43 million obunachiga erishdi.

Undan oldin hech kim "You Tube"da 90 daqiqa ichida 1 million obunachiga ega bo‘lmagan. U 24 soat ichida 28 million obunachiga erishdi, ungacha ijtimoiy tarmoq tarixida hech bir kanal 24 soat u yoqda tursin, bir oy ichida 28 million obunachiga etmagan edi.

Ronalduning kanali haqiqiy sensatsiyasiga aylandi. U qancha pul topdi?

Ronaldu allaqachon "You Tube" orqali mo‘maygina daromadga erishdi. Ijtimoiy tarmoqda har 1000 ko‘rish uchun taxminan 6 dollar to‘lanadi. Ayni paytda Krishtianu 20 ta videoni joyladi va ko‘rishlar soni 177 milliondan oshib ketgan. Ushbu ko‘rsatkich bilan 1 million ko‘rish uchun 1200 dan 6000 dollargacha daromad olish mumkin.

"Marca" nashrining hisob-kitoblariga ko‘ra, Krishtianu imzolagan homiylik shartnomalarini inobatga olgan holda 72 soat ichida 100 million dollar atrofida ishlab topgan.

Taqqoslash uchun, hozirda "You Tube" ijtimoiy tarmog‘ida eng ko‘p obunachiga ega Mr.Beast birgina "You Tube" reklamasidan oyiga taxminan 5 million dollar ishlab topadi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!