
Ronaldu bilan bo‘lgan vaziyatdan so‘ng xavfsizlik choralari kuchaytiriladi
"Evro-2024"ning ikkinchi turidan o‘rin olgan Turkiya - Portugaliya uchrashuvida Martines shogirdlari yirik 3:0 hisobida zafar quchdi.
Dastlab, Bernardu Silva hisobni ochgan bo‘lsa, 28-daqiqada Akaydin o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi. Ikkinchi taym boshida Ronalduning uzatmasidan so‘ng Fernandesh farqni 3 taga etkazib qo‘ydi.
Uchrashuv davomida muxlislar bir necha bor maydonga tushib, Krishtianu bilan suratga tushishga harakat qilishdi. UEFA ushbu vaziyatdan kelib chiqib, o‘yinlarida xavfsizlikni kuchaytirmoqchi. "Maydonda xavfsizlik UEFA ning ustuvor yo‘nalishi hisoblanadi. Turnir barcha talablarga javob berishi va bunday hodisalar takrorlanmasligi uchun qo‘shimcha choralar ko‘ramiz", - deya bayonot berdi tashkilot.
Eslatib o‘tamiz, Portugaliya mazkur g‘alabadan so‘ng pley-off masalasini muddatidan avval hal qildi.
Fikrlar